NAVBIZ

+998 90 619 68 88

Navoiy viloyatida tadbirkorlik ekosistemasini rivojlantirishga ko’maklashuvchi ko’ngillilar jamoasi.

  • 00

    KUN

  • 00

    SOAT

  • 00

    MINUT

  • 00

    SONIYA

Biz bilan bog'lanish!

NAVBIZ hamkorlikka chorlaydi!


Startup ekosistema ko’pchilikka notanish mavzu. Ammo 1-raqamli startup ekosistema bo’lmish AQSHdagi “Kremniy vodiysi” (“Silicon valley”) yoki uning ishtirokchilari bo’lmish google, apple, facebook haqida eshitmagan odam bo’lmasa kerak. Startup ekosistema bu odamlar, yangi biznes g’oyalar va tashabbuslarni birlashtiruvchi, muvaffaqiyatli startup kompaniyalarni o’sib-taraqqiy etishiga ko’maklashuvchi muhitdir. Bugungi kunda dunyoning ko’plab shaharlarida bunday muhitlarni yaratishga bel bog’langan. Chunki aynan startup kompaniyalar mamlakat iqtisodiyotining haqiqiy lokomativi bo’layotganligini zamon ko’rsatib turibdi. Ana shunday xolis va buyuk maqsad bilan Navoiy startup ekosistemasini barpo etish umidida biz bir guruh tadbirkor-ko’ngillilar NAVBIZ loyihasini boshladik.

Navbiz ning asosiy maqsadi tadbirkorlik tashabbus va g’oyalarini qo’llab quvvatlash va amaliy tajribalarni o’rtoqlashishdir. Ushbu harakat Navoiydagi tadbirkorlar va yangi startup bizneslar uchun turli dastur va tadbirlar tashkil etadi. Maqsadimiz biznesingizni boshlash va rivojlantirish uchun zarur bilim va ko’nikmalarni berish, hamkorlik aloqalarini o’rnatish.


Ammo bu xayrli ishni amalga oshirish 1-2 tadbirkorning ishi emas balki, turli soha vakillarining hamjihatlikdagi harakatidir. Shuning uchun biz quyidagi hamshaharlarimizni hamkorlikka chorlaymiz:

Jurnalistlar va bloggerlar

Qilayotgan ishlarimizni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish va shu orqali yangi biznes vakillari va ixlosmandlarini loyihaga jalb qilish; targ’ibot orqali loyiha mashtabini oshirish.

Tajribali tadbirkorlar va investorlar

O’z bilim va tajribalarini o’rtoqlashish va boshqalarga namuna bo’lish; yangi tadbirkorlik g’oyalarini qo’llab –quvvatlashga yordamlashish va ularni moliyalashtirish.

Mahalliy hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar

joy va boshqa tashkiliy masalalarga ko’maklashish; Tadbirlarni moliyalashtirish.

Boshqa hamshaharlarimiz

Birgina tadbirkorlikka qiziqishi va istagi borlarga bu loyiha haqida xabar berishigiz orqali ularning hayotda o’z o’rinlarini topishga ko’maklashingiz mumkin.

Umuman olganda ushbu loyiha barcha qatnashchilar uchun yangi tanishlar, hamkorlar, imkoniyat va bilimlar eshigini ochadi.

Xullas, NAVBIZ:

- Ajoyib g’oya va biznesni boshlash uchun xoxishi borlar

- Biznes boshlagan, ammo qiynalayotgan bo’lganlar

- Biror g’oya yo’q, ammo tadbirkor bo’lishga xoxish borlar

- O’z tadbirkorlik muvaffaqiyatini o’rtoqlashmoqchi bo’lganlar

- O’z kapitallarini zamonaviy va istiqbolli loyihalarga tikmoqchi bo’lganlar

- Va umuman biznesga qiziqqan barcha-barcha hamshaharlarimiz uchundir!

Bog'lanish

Loyiha bo’yicha batafsil ma’lumotlar va yangiliklarni hozircha @biznesvnavoi telegram kanalidan olishingiz mumkin.

Taklif va hamkorlik uchun telegram orqali @uzvolunteer ga murojaat eting.

Eslatma! Startup nima?- yangicha biznes turi bo’lib, jamiyatdagi qandaydir bir muammoni yechishga qaratilgan harakatdir. Odatda startup g’oyasi avval sinalmagan, natijasi va muvaffaqiyati noma’lum bo’ladi.